6 May 2021 2538

Yosh chavandozlarimiz uchkurash bo‘yicha bellashishdi

3-6 may kunlari Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Universal Jumping Agro” ot sport klubida uchkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan iqtidorli yosh chavandozlar o‘zaro bahs olib bordilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida buxorolik Umid Vafoyev “Maksimal” tulporida, yoshlar orasida esa “Kross” laqabli otda ishtirok etgan qashqadaryolik Abror Esonov g‘alaba qozondi. Qayd etish joiz, Esonov o‘z omadini “Miragi” tulporida ham sinab ko‘rgan edi va bu chiqishi unga kumush medalni taqdim etgan.

Uchkurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati.
O‘smirlar:
1. Umid Vafoyev (Buxoro) – “Maksimal”
2. Yelizaveta Karachan (Toshkent sh) – “Artur-2”
3. Maksim Dvoryanskiy (Toshkent sh) – “Allagir”

Yoshlar:
1. Abror Esonov (Qashqadaryo) – “Kross”
2. Abror Esonov (Qashqadaryo) – MIragi
3. Eldor Erkinov (Farg‘ona) – “Farishta”

Text to speech