FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 May 2023 2055

Konkurchilarimiz Gran-pri yoʻnalishida tengsiz

Maʼlum qilganimizdek, ayni kunlarda konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtayotgan “Eurasia league Bishkek 2023” musobaqasida ishtirok etmoqda. Hamyurtlarimiz turnirning Gran-pri yoʻnalishida oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida “Chempions Ligas” tulporida ishtirok etgan Xurshidbek Alimjonov masofani jarima ochkolarisiz bosib oʻtib, eng yuqori natijani qayd etdi. Ikkinchi oʻrin “Bozart De Ruet” otida ishtirok etgan Aʼzam Tolibboyevga nasib etgan boʻlsa, Rinata Galimova (Qirgʻiziston) kuchli uchlikni yakunlab berdi. Qayd etish joiz, musobaqada Bekzod Qurbonov va Nurjan Tuyakbayev keyingi pogʻonalarni band etishdi.

Text to speech