FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 May 2023 2209

Chavandozlarimiz Bishkekdagi musobaqada qatnashishadi

Aprel oyida poytaxtimiz ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Grand Prix Euratsia league” va “FEI Jumping Nations Cup Euratsia league Tashkent 2023» musobaqalariga mezbonlik qilgan edi. Bugun Qirgʻizistonning Bishkek shahrida ushbu musobaqalarning navbatdagi bosqichi boshlandi.

Hamyurtlarimiz bellashuvlarda toʻliq tarkibda ishtirok etishadi. Turnirda terma jamoa bosh murabbiyi va amaldagi sportchi Bekzod Kurbanov, shuningdek, Umid Kamilov, Nurjon Tuyakbayev, Xurshidbek Alimdjanov, Azam Tolibboyev, Saidamirxon Turgunboyev konkur boʻyicha bahslarda ishtirok etishsa, Alyona Derevyanko ot yoʻrttirish dasturida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Qolaversa, chavandozlarimizning tulporlariga tajribali otboqarlar Muslim Akramov, Dilshod Omonov, Komiljon Matmusayev va Sardor Muxammadiyev masʼul hisoblanishadi.

14-mayga qadar davom etadigan masʼuliyatli bahslarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech