FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 May 2023 1920

Olga Zabelinskayani tabriklaymiz!

Bugun velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Olga Zabelinskaya tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Olga Sergeyevna Zabelinskaya 1980-yil 10-may kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida tavallud topgan. Veloshosse boʻyicha London-2012 va Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari sovrindori. Hozirda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Olga Sergeyevna Osiyo chempionatlarining 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi. Oʻtgan yili Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida 3 ta oltin medalga sazovor boʻlgan. Ushbu natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Olga Zabelinskayani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech