FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 May 2023 2278

Yangibozorda zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

Toshkent viloyatidagi Yangibozor shaharchasida joylashgan sport maktabida zamonaviy beshkurashning bir qator turlari boʻyicha oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Musobaqa davomida sportchilar ikkikurash, uchkurash va toʻrtkurash boʻyicha oʻzaro bahs olib borishdi.

Qiziqarli oʻtgan bellashuvlarda yurtimizning turli viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik yoʻlida oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Bahslar davomida murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod bir qator iqtidorli yoshlarni saralab oldilar.

Chempionat yakunida oʻtgan taqdirlash marosimida Yuqori Chirchiq tumani hokimi Uskenbay Atemov, Bahromjon Gaziyev boshchiligidagi Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi mutasaddilari ishtirok etib, gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalarini taqdim qilishdi.

Text to speech