Kun davomida sportchilarimiz ishtirok etadigan musobaqalar bilan tanishing
Ayni kunlarda sportchilarimiz dunyoning turli chekkalarida Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma yoki reyting ochkolarini beruvchi turli musobaqalarda ishtirok etishmoqda. Bugun kun davomida baydarka va kanoechilarimiz Tailandda, dzyudochilarimiz Rossiyada, erkin kurashchilarimiz esa Bolgariyada yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Qozon shahrida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” musobaqasi reyting ochkolarini taqdim qilsa, Pattayya va Sofiyada atletlarimiz Tokio-2020 litsenziyalari uchun bahs olib boradilar. Akademik eshkak eshuvchilarimiz esa Tokioda kvalifikatsion musobaqaning saralash bahslarini o‘tkazib olishdi. Vakillarimizning oldinda turgan ishtiroki haqida ma’lumotlar:
Baydarka:
K1, 200 metr: Yekaterina Shubina (yarim final 10:10, final 13:00)
K1, 200 metr: Denis Onufriyev (yarim final 10:15, final 13:10)
K1, 1000 metr: Shahriyor Mahkamov (yarim final 10:30, final 13:40)
Kanoe:
C1, 200 metr: Gulbahor Fayziyeva (final 13:20)
C1, 1000 metr: Bekzod Umaraliyev (final 13:50)
Dzyudo:
-73 kg: Jaloliddin Boynazarov – Somon Mahmadbekov (Tojikiston)
-81 kg: G‘iyosjon Boboyev – Sagi Muki (Isroil)
-81 kg: Suhrob Tursunov – Antonio Espasito (Italiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Alise Bellandi (Italiya)
Bellashuvlar 12:50 dan boshlanadi
Erkin kurash:
-65 kg: Ilyas Bekbulatov – Junsik Yun (Janubiy Koreya)
-125 kg: Dilmuhammad Nurmuhamedov – Param Singx (Avstraliya)
Bellashuvlar 12:00 dan boshlanadi.
Barcha musobaqalar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.