9 May 2023 1037

Hasanboy Doʻsmatov kubalik bokschini musobaqadan chiqarib yubordi

Jahon chempionatida bokschilarimizga tobora jiddiy raqiblar roʻbaroʻ kelishni boshladi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov (-51 kg) uchinchi bosqichda kubalik Erislan Romero bilan jang qilib, chiroyli gʻalabaga erishdi. Bu Kuba jamoasi uchun musobaqadagi birinchi yoʻqotish.

Text to speech