9 May 2023 985

Chavandozlar Federatsiya Kubogi sovrini uchun bahs olib borishdi

“Universal Horses Stable” ot sporti klubida konkur boʻyicha Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti Federatsiyasi Kubogi boʻlib oʻtdi. Murosasiz bahslarda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan chavandozlardan tashqari Rossiya, Belarus va Qozogʻistondan kelgan sportchilar ham raqobat olib borishdi. Bahslar 3 yoʻnalishda oʻtib, unda muxlislar bolalar, 5-6 yoshli otlar hamda 7 va undan katta yoshli tulporlar oʻrtasidagi bellashuvlarga guvoh boʻldilar. Yakunda gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

Bolalar, 110 sm toʻsiq balandligi:
1. Musojon Tohirjonov, “Pegas Omskiy” laqabli ot (Oʻzbekiston)
2. Davronbek Firdavsbekov, “Bakarboni” (Oʻzbekiston)
3. Asilbek Betimqulov, “Rizota” (Oʻzbekiston)

5-6 yoshli otlar, 120 sm:
1. Temur Azizov, “Sapfir de bettingkort-18” (Oʻzbekiston)
2. Dayana Onayeva, “Gvendulayn” (Qozogʻiston)
3. Alisher Erkinov, ”Etos-17” (Oʻzbekiston)

7 va undan katta yoshli otlar, 140 sm:
1. Aʼzam Tolibboyev, “Klass Iks” (Oʻzbekiston)
2. Sergey Antonovich, “Kuasar” (Belarus)
3. Kseniya Xayrulina, “Aragorn” (Rossiya)

Text to speech