8 May 2023 1099

Sportimiz mutasaddilari Doxada dzyudochilarimiz bilan uchrashishdi

Xabaringiz bor, kechadan Qatar poytaxti Doxa shahrida dzyudo boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz aʼzosi Dilshodbek Baratov finalga qadar magʻlubiyatsiz yetib borib, kumush medal hamda Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlidagi qimmatli reyting ochkolarini qoʻlga kiritdi.

Dzyudochilarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun Qatar poytaxtiga sportimiz mutasaddilari – Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov yetib borishdi.

Mutasaddilar dzyudochilarimiz joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbatlashishdi, boʻlajak bahslarda hamyurtlarimizga omad tilashdi. Ishonamizki, muhim bellashuvlar oldidan bunday motivatsiya berilishi dzyudochilarimizni yangi gʻalabalar sari yanada ruhlantiradi.

Text to speech