7 May 2023 1103

Adhamjon Ergashev Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldi

Janubiy Koreyada o’tayotgan og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionatidan yana bir xushxabar. Erkaklar o'rtasida -67 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan sportchimiz Adhamjon Ergashev kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Dast ko'tarish mashqidagi 138 kg ushbu dasturda shohsupaga ko’talirish uchun kamlik qildi. Adhamjon siltab ko'tarish mashqida 174 kg natija bilan kumush medalga ega chiqqan bo’lsa, umumiy hisobdagi 312 kg bronza medalini keltirdi.

Shu vazn toifada qatnashgan yana bir yosh va umidli sportchimiz Ro'zmetov Diyorbek 284 (127+157) kg natija bilan musobaqaning 7-pog'onasidan joy oldi.

Text to speech