FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 May 2023 2266

Qo‘qonda xalq o‘yinlari bo‘yicha xotira turniri o‘tkazildi

Qo‘qon shahrida o‘zbek milliy o‘yinlarining targ‘ibotchisi, taniqli polvon To‘lanboy Qurbonov xotirasiga bag‘ishlangan II Ochiq turnir o‘tkazildi. Dorbozlar va tosh ko‘tarish bo‘yicha o‘tgan ushbu milliy o‘yinlarda respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, bu kabi ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Etnosport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-259-son Qarori ijrosini taʼminlash, qolaversa, ota-bobolarimizdan bizlarga meros bo‘lib qolgan qadimiy va anʼanaviy xalq o‘yinlarini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim hisoblanadi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, shuningdek, Farg‘ona vodiysining taniqli sport faxriylari ishtirok etib, davlatimiz tomonidan mashhur o‘zbek polvonlari nomini tanitish, milliy xalq o‘yinlarini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor haqida gapirib o‘tishdi. Shundan so‘ng turli chekkalardan tashrif buyurgan polvonlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Musobaqa yakunida barcha yo‘nalish g‘oliblari aniqlanib, ularga diplom va homiylarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech