FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
6 May 2023 2818

Jamila Panfilova Osiyo chempionatida ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi

Ogʻir atletika boʻyicha Janubiy Koreyada oʻtayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻzining ilk medallarini qoʻlga kiritdi. Ayollar oʻrtasida oʻtgan -55 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Jamila Panfilova ikkita bronza medaliga sazovor boʻldi.

Hamyurtimizning dast koʻtarishda qayd etgan 86 kg, siltab koʻtarishdagi 105 kg natijasi unga har ikki yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilishini taʼminladi. Afsuski, sportchimiz ikki kurash boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Mazkur vazn toifasida qatnashgan yana bir atletimiz Nigora Abdullayeva esa musobaqani toʻqqizinchi pogʻonada yakunladi.

-55 kg:
1. Guan Chen (Xitoy Taipeyi) – 204 (90+114) kg
2. Soroxaimbam (Hindiston) – 194 (83+111) kg
3. Vo Ti Nxu (Vyetnam) – 192 (88+104) kg
4. Jamina Panfilova (Oʻzbekiston) – 191 (86+105) kg ...
9. Nigora Abdullayeva (Oʻzbekiston) – 167 (77+90) kg.

Text to speech