FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 May 2023 2520

Ogʻir atletikachilarimiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

Janubiy Koreyaning Jinju shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlandi. Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz ishtirokini boshladi.

Vakillarimiz orasidan birinchi boʻlib -55 kg vazn toifasidagi Ogʻabek Nafasov supaga chiqdi. Yurtdoshimiz dast koʻtarishda 111 kg, siltab koʻtarishda 127 kg va ikki kurashda 238 kg natija qayd etib, musobaqani oltinchi oʻrinda yakunladi. Qolgan hamyurtlarimizning chiqishi quyidagi kunlarga belgilangan:

6-may:
-55 kg: Nigora Abdullayeva va Jamila Panfilova (A guruhi, 11:00)

7-may:
-67 kg: Diyor Roʻzmetov va Adhamjon Ergashev (A guruhi, 11:00)

8-may:
-73 kg: Doston Yoqubov (A guruhi, 14:00)

11-may:
-87 kg: Rigina Adashboyeva (A guruhi, 11:00)
-96 kg: Sunnatilla Oʻsarov va Hojiakbar Olimov (A guruhi, 14:00)

12-may:
-109 kg: Ruslan Nurudinov va Qurbonmurod Namozov (A guruhi, 14:00)

13-may:
+87 kg: Tursunoy Jabborova (A guruhi, 09:00)
+109 kg: Akbar Joʻrayev va Rustam Jangabayev (A guruhi, 10:00)

Text to speech