FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 May 2023 2413

Kamonchilarimiz Osiyo kubogini ikkita bronza medali bilan yakunlashdi

Toshkentda kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining ikkinchi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. 5 kun davom etgan bellashuvlarda 13 davlatdan 100 nafar sportchi oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Eʼtiborlisi, musobaqa yakunida Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ziyodaxon Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroyevadan iborat trio jamoaviy dasturda, Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi esa mikst dasturida shohsupaga koʻtarilishdi. Afsuski, jamoaviy dasturda bronza medali uchun bahs olib borgan yigitlarimiz va Ziyodaxon Abdusattorovaning yakkalik yoʻnalishidagi chiqishi omadsiz yakunlandi.

Bronza medali uchun:
Ayollar: Oʻzbekiston – Gruziya 6:0
Mikst: Oʻzbekiston – Qozogʻiston 6:2
Erkaklar: Oʻzbekiston – Qozogʻiston 1:5
Yakkalik: Ziyodaxon Abdusattorova – Siaoleyi Yan (Xitoy) 3:7

Musobaqaning final bellashuvlarini MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham kuzatib bordi. Oybek Omilovich yakunda taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, Osiyo kamondan otish federatsiyasi mutasaddilar bilan oʻzaro hamkorlikning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.

Text to speech