5 May 2023 1010

Aleksandr Savkin uzoq muddatli yigʻinga kirishmoqda

Zamonaviy beshkurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aleksandr Savkin xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Kiprga yoʻl oldi. Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi bir necha hafta davom etadigan yigʻinda koʻplab kuchli sportchilar bilan oʻz mahoratini yanada oshiradi.

Qayd etish joiz, mazkur tayyorgarlik joriy yil kutib turgan eng asosiy start boʻlmish Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlariga tayyorgarlikka qaratilgan. Yigʻinda sportchimiz asosan eʼtiborni katta jismoniy kuch sarflanadigan suzish va yugurish yoʻnalishlariga qaratadi. Rejaga koʻra, Kiprdagi mashgʻulotlar kamida 2 oy davom etadi.

Text to speech