5 May 2023 1687

MOQ raisi oʻrinbosari Salim Abduvaliyev 73 yoshda!

Bugun MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi va oʻzbek sportining jonkuyarlaridan biri Salim Kirgizbayevich Abduvaliyev 73 yoshni qarshi olmoqda.

Salim Abduvaliyev 1950-yil dunyoga kelgan. Umrining koʻp qismini yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, Olimpiya harakati rivojlantirishga sarflab kelmoqda. Bu inson nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyoda sport kurashlarining rivoji yoʻlida hissa qoʻshib kelayotgan jonkuyar hisoblanadi.

Salim Kirgizbayevich Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari sifatida yurtimizda sport kurashlari boʻyicha shakllangan kuchli maktabga poydevor qoʻygan, poytaxtimizda kattalar oʻrtasidagi Osiyo va jahon chempionati kabi musobaqalarning oʻtkazilishi yoʻlida jonbozlik koʻrsatgan mutaxassislardan biri hisoblanadi. Salim Abduvaliyev davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Oʻtgan yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Lyudvig Nobel premiyasining 2022-yilgi mukofotiga munosib koʻrildi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Salim Abduvaliyevni katta sport jamoatchiligi va yurtimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari nomidan 73 yoshlik qutlugʻ ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, mustahkam sogʻliq tilab qoladi.

Text to speech