Samarqandda o’tadigan nufuzli triatlon musobaqasiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘rib chiqildi
Joriy yilning 10-11-iyun kunlari Samarqandda “2023 Asia Thriatlon Cup Samarkand” turniri bo’lib o’tadi. Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligida ushbu xalqaro musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan tashkiliy qo‘mita yig‘lishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston Milliy Оlimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda xalqaro musobaqaga tayyorgarlik jarayonlari, xorijiy sportchilar va mehmonlarni kutib olish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish shu bilan birga, musobaqani o‘tkazish vaqtida mahalliy aholi duch kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar mas’ullari o‘z takliflarini bayon qildilar. Musobaqani yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha tashkilotlarga qo‘shimcha tavsiyalar berildi.