4 May 2023 1064

Suzish bo‘yicha seminarda murabbiylarimiz zamonaviy metodikalarni o‘rganishdi

Butunjahon suzish federasiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Learn to Swim Program” dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. Bir necha kun davom etgan ushbu o‘quv kursida Respublikamizda yosh suzuvchilarga ushbu sport sirlarini o‘rgatayotgan murabbiylar bilimlarini yanada boyitishdi.

Bugun ushbu seminarda muvaffaqiyatli qatnashgan murabbiylarga sertifikatlar topshirildi. Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi. Seminarlarni amerikalik taniqli ekspert Genadius Sokolovas o‘tkazdi. Unda mahalliy murabbiylar yoshlarni o‘rgatishga oid so‘nggi, zamonaviy metodikalar asosida bilimlarini boyitishga muvaffaq bo‘lishdi.

Rasmiylar murabbiylarni ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari bilan qutlab, unda olgan bilimlari yangi chempionlarni kashf qilishda as qotishini ta’kidlashdi. Qayd etish joiz, bu amerikalik ekspert ishtirokidagi seminarning birinchi bosqichi edi. Rejaga ko‘ra, kelgusi tadbirda kattaroq yosh toifasidagi suzuvchilarning trenerlari o‘qitiladi. Kelgusi seminar 5-12 may kunlariga mo‘ljallangan.

Text to speech