4 May 2023 1052

Bahodir Jalolov muxlislarga yana bir g’alaba gashtini berdi

Boks bo’yicha o’ta og’ir vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov ham poytaxtimizdagi jahon chempionatida ilk muvaffaqiyatini tantana qildi. Ikkinchi davradan bahslarga qo’shilgan yurtdoshimiz azaliy raqiblaridan biri bahraynlik Denis Latipov bilan jang qildi. Yakunda Olimpiada chempioni katta qiyinchiliksiz keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Text to speech