4 May 2023
955
Bugun 4 nafar hamyartimiz jang qiladi
Bugun boks bo’yicha jahon chempionatining to’rtinchi kunida O’zbekiston terma jamoasining to’rt nafar a’zosi ringga ko’tariladi. Ular orasida Olimpiada chempionlari Hasanboy Do’smatov, Bahodir Jalolov kabi nomlarning borligi bugungi bellashuvlarga bo’lgan qiziqishni yanada oshiradi. Juftliklar bilan tanishing:
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev - Oyer Ibarreche (Ispaniya) (14:55 dan so‘ng, B ring)
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Rabin Tapa (Nepal) (18:00, A ring)
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Alberto Ximenes (Meksika) (18:55 dan so‘ng, A ring)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Danis Latipov (Bahrayn) (20:10 dan so‘ng, A ring).