3 May 2023 945

Mujibillo Tursunov ikkinchi g’alabani qo’lga kiritdi

Toshkentda o’tayotgan boks bo’yicha dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mujibillo Tursunov musobaqada o’zining ikkinchi g’alabasiga erishdi. -60 kg vazn toifasida jang qilayotgan yurtdoshimiz bu gal gambiyalik Merri Korni muxlislar qatoriga kuzatib qo’ydi. Bokschimiz keyingi davrada Franchesko Ioziya (Italiya) va Muhamed Hamut (Marokash) o’rtasidagi bahs g’olibi bilan jang qiladi.

Text to speech