4 May 2023 915

Chavandozlarimiz Italiyadagi xalqaro musobaqada ishtiroklarini boshlashmoqda

Ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Abdurahmon Abdullayev hamda Feruz Abdullayevlar Italiyaning Montefalko shahrida tashkil etilayotgan nufuzli turnirda qatnashishadi. 7-mayga qadar davom etadigan musobaqada sportchilar 130 – 150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishlarida oʻzaro bahs olib borishadi.

Abdurahmon Abdullayev musobaqada “Callabone”, “Go Four ITB”, Feruz Abdullayev esa “Quintair” va “Conlouda” laqabli tulporlarda qatnashishi belgilab qoʻyilgan. Boʻlajak bellashuvlarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz.

Text to speech