2 May 2023 951

Bugun uch nafar bokschimiz jang qiladi

Bugun Toshkentda oʻtkazilayotgan boks boʻyicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlariga guvoh boʻlamiz. Ushbu kun dasturida Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar vakili saralash bosqichi doirasida ringga koʻtariladi. Hamyurtlarimiz va ularning raqiblari haqida batafsil:

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Manuel Febus (Puerto-Riko) (13:55 dan soʻng)

-86 kg: Shohjahon Abdullayev – Erkin Adilbek Uulu (Qirgʻiziston) (15:40 dan soʻng)

-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev – Younes Nemouchi (Jazoir) (21:00 dan soʻng)

Janglarning boshlanish vaqti taxminan ko'rsatilgan.

Text to speech