2 May 2023 882

Goʻzal Xubbiyevani tabriklaymiz!

Bugun yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Goʻzal tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Goʻzal Xubbiyeva 1976-yil 2-may kuni Toshkentda tavallud topgan. Sportchilik faoliyatida sprinterlik yoʻnalishlarida (100 va 200 metr) ishtirok etib, Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008 va London-2012 Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Xubbiyeva Doxa-2006 Osiyo oʻyinlarida 1 tadan oltin va kumush, Guanchjou-2010 da esa 1 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Sprinterimiz hisobida Osiyo chempionatlarining ham oltin va kumush medallari mavjud. Koʻrsatgan natijalari evaziga “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Goʻzal Xubbiyevani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga sihat-salomatlik va omad tilab qoladi.

Text to speech