30 Aprel 2023 2072

Yosh eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi boʻlishdi

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yoʻnalishida Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:
С1 200 metr: Vladlen Denisov (U23)

Kumush medal:
K1 200 metr: Madinabonu Islamova (U23)
K2 200 metr: Kamila Malaxova, Dilshoda Abdurahmonova (U23)

Bronza medal:
K2 200 metr: Boburjon Ermetov, Sarvarbek Aliboyev (U18)
С2 200 metr: Tursunoy Umaraliyeva, Farangiz Ortiqboyeva (U18)
С2 200 metr: Asadbek Qurbonov, Kamron Shakarov (U18)

Qitʼamizning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar oʻrtasidagi bellashuvda Oʻzbekiston terma jamoasi U18 va U23 yosh toifalarida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Hamyurtlarimiz mazkur yoʻnalishda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Paralimpiyachilarimiz esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu musobaqada qayd etilgan yuqori natijalar bilan Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya qoʻmitasi, mamlakat Rowing&Canoe federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni qutlab, ularga kelgusida ham omad va zafarlar tilaydi.

Text to speech