30 Aprel 2023
1037
Millatlar kubogining navbatdagi kunida qozogʻistonlik chavandoz gʻalaba qozondi
Toshkentda oʻtayotgan konkur boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogi musobaqasining navbatdagi kun bellashuvlari ortda qoldi. Unda sportchilar “CSIO1*W HEFU Presidentʻs Cup 2023” dasturida oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi.
Qiziqarli kurashlarga boy boʻlgan ushbu yoʻnalishda “U Core De La Vile” laqabli otda ishtirok etgan qozogʻistonlik Chingiz Malikajdar eng yaxshi natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. “Brand Plus”da chiqish qilgan Umid Kamilov kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsa, Aʼzam Tolibbiyev “Class X” bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Bellashuvlar davom etadi. Bugun chavandozlar musobaqaning asosiy yoʻnalishida gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.