30 Aprel 2023 911

Shpagada gʻolib va sovrindorlar aniqlandi

Xabar berganimizdek, Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqaning birinchi kunida shpaga boʻyicha yakkalik dasturida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Shiddatli janglar yakunida erkaklar oʻrtasida Fayzullo Alimov, ayollar oʻrtasida esa Dilnaz Murtazayeva oltin medalni qoʻlga kiritdi. Batafsil:

Erkaklar:
1. Fayzullo Alimov
2. Muhammad Yusuf Sidiqov
3. Meyirxan Timurov
3. Iskander Turishev

Ayollar:
1. Dilnaz Murtazayeva
2. Marjona Zubaydulloyeva
3. Veronika Rojkova
3. Malika Hakimova

Bugun jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar maʼlum boʻladi.

Text to speech