29 Aprel 2023 1078

Toshkentda qilichbozlik boʻyicha mamlakat chempionati boshlandi

Bugun poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha kattalar oʻrtasida navbatdagi Oʻzbekiston chempionatiga start berildi. Unda Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan qilichbozlar gʻoliblik uchun jang olib borishmoqda. Reglamentga koʻra, bugun shpaga qurolida yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Ertaga esa ushbu qurolda jamoaviy yoʻnalishda kuchlilar aniqlanadi.

Musobaqaning uchinchi kunida sablyachilar bahsga kirishishadi. Qayd etish joiz, ayni paytda ushbu yoʻnalishdagi terma jamoamizning asosiy vakillari Koreyada boʻlib turishibdi. Afsuski, Seulda yakunlanayotgan Gran-pri turnirida hamyurtlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olisholmadi. Mazkur turnirda qatnashgan sportchilar Toshkentga qaytib kelishlari bilan mamlakat chempionatida bahslarga kirishadilar. Bu yilgi Oʻzbekiston chempionatini rapirachilar yakunlab berishadi.

Text to speech