29 Aprel 2023 1327

Igor Shkvirin 60 yoshda!

Bugun o’zbek futbolining yaqin o’tmishdagi yorqin vakili, Xirosima-1994 Osiyo o’yinlari qahramonlaridan biri Igor Shkvirin 60 yoshni qarshi olmoqda.

Igor Anatolyevich Shkvirin 1963-yilning 29-aprel sanasida Toshkentda tavallud topgan. Faoliyati davomida mamlakatimizning bir qator klublarida sermahsul o’yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan. “Paxtakor” va “Yangiyer” klublarida, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Isroil, Malayziya, Hindiston chempionatlarida ham muvaffaqiyatli o’yinlari bilan yodda qolgan. 1994-yil Yaponiyaning Xirosima shahrida o’tgan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston terma jamoasining tarixiy chempionligiga munosib hissa qo’shgan. Hozirda murabbiylik bilan shug’ullanayotgan qahramonimiz davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali va “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Igor Anatolyevichni bugungi yubiley ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech