28 Aprel 2023 1065

Eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatining uchinchi kunida beshta medal jamgʻarishdi

Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionatining uchinchi kun bellashuvlari yakuniga yetdi. Ushbu kunda startga chiqqan hamyurtlarimiz 3 ta oltin va 2 ta kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Bugun sportchilarimiz quyidagi yoʻnalishlarda shohsupaga koʻtarilishdi:

 Oltin medal:
C2 1000 metr: Mirjalol Kamilov, Kamronbek Axtamov (U23)
C2 1000 metr: Gulbahor Fayziyeva, Xonzoda Erkinova (U23)
C1 200 metr: Shohsanam Sherzodova (U18)

 Kumush medal:
K2 1000 metr: Daniil Kryukov, Ziyodbek Yoʻldoshaliyev (U18)
K1 1000 metr: Madinaxon Ashrafxonova (U23)

Text to speech