28 Aprel 2023
1476
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatida qatnashadigan tarkibi bilan tanishing
Toshkent mezbonlik qiladigan boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati startiga oz fursat qoldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi 1-14-may kunlari oʻtadigan janglarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilar nomini eʼlon qildi. Kutilganidek, tarkibda Hasanboy Doʻsmatov, Bahodir Jalolov kabi Olimpiada chempionlarini uchratish mumkin. Toʻliq tarkib esa quyidagicha:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-54 kg: Oybek Joʻrayev
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-60 kg: Mujbillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: Aʼloxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov