28 Aprel 2023 1121

Xitoyda Kurash bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Xitoyning Xanchjou shahrida kurash boʻyicha Osiyo chempionati va jahon seriyasiga kiruvchi bosqichlaridan biri start oldi. Reglamentga koʻra, 28-29-aprel kunlari qitʼa birinchiligi, 30-aprel kuni esa seriya turniri boʻlib oʻtadi.

Har ikki musobaqada 19 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Yana bir ahamiyatli tomoni, mazkur chempionat joriy yil oʻtadigan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari oldidan sinov turniri vazifasini ham oʻtab beradi. Bugun erkaklar oʻrtasida -66 kg, -81 kg, -90 kg, +100 kg, ayollar oʻrtasida esa -57 kg, -63 kg, -70 kg, +87 kg vazn toifalarida oʻtkazilmoqda.

Text to speech