28 Aprel 2023 1075

Yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi

Poytaxtimizda start olgan yengil atletika boʻyicha U18 Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida oʻtgan tadbirda Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi prezidenti Dahlan Al Hamad, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shaxrullo Mahmudov, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat yengil atletika federatsiyasi mutasaddilari va musobaqa mehmonlari ishtirok etishdi.

Marosimda soʻz olgan rasmiylar mamlakatimizda ushbu sport turi soʻnggi yillarda katta oʻsishga erishayotgani, yosh va iqtidorli atletlar kashf etilayotgani, qolaversa, musobaqa yuqori saviyada tashkil etilayotgan xususida toʻxtalib oʻtishdi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur musobaqada Osiyoning 40 mamlakatidan tashrif buyurgan 500 nafardan ziyod sportchi bahs olib bormoqda. Birinchi kun yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi hisobida 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari mavjud.

Text to speech