Qilichbozlarimiz uchun Parij-2024 Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi sikl boshlandi
Bugun Janubiy Koreyaning Seul shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Gran-pri musobaqasi boshlandi. Qayd etish oʻrinliki, ushbu start mazkur sport turida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim qiluvchi birinchi turnir hisoblanadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etmoqda.
Reglamentga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida guruh bahslari va 1/64 final bosqichigacha boʻlgan janglar oʻtkazildi. Afsuski, ushbu bosqichga terma jamoamiz vakillaridan hech kim yetib kela olmadi. Ertaga qizlar oʻrtasidagi saralash bellashuvlari oʻtkaziladi. Hamyurtlarimiz quyidagi tarkibda ishtirok etishmoqda:
Erkaklar: Islombek Abdazov, Musa Aymuratov, Azizbek Dauletnazarov, Zuhriddin Qodirov, Sherzod Mamutov.
Ayollar: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova, Aysulu Usnatdinova, Fernanda Errera, Paola Pliyego.