4 May 2021 2472

Navbat baydarka va kanoechilarga

Slalomchilar bahsidan so‘ng Pattayya (Tailand) shahri baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarning litsenzion musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Ertaga ushbu shaharda qit’amizning mahoratli baydarka va kanoechilari Tokio-2020 yo‘llanmalari uchun bahs olib boradilar.

Musobaqada (5-7 may) ayni paytda o‘z yo‘nalishida eng kuchli bo‘lib turgan 10 nafar atletimiz bahslarga kirishadi. Sportchilarimiz oldida turgan vazifa bir muncha murakkabroq bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda faqat marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan sportchilargina Olimpiada yo‘llanmalariga ega chiqishadi. Musobaqada ishtirok etuvchi tarkibimiz bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

Baydarka:
Shahriyor Mahkamov (K1, 1000 metr)
Shohruh A’zamov va Javohir Nurmatov (K2, 1000 metr)
Yekaterina Shubina (K1, 200 metr)
Denis Onufriyev (K1, 200 metr)
Arina Tanatmisheva (K1, 500 metr)

Kanoe:
Bekzod Umaraliyev (С1, 1000 metr)
Vladlen Denisov va Gerasim Kochnev (С2, 1000 metr)
Gulbahor Fayziyeva (С1, 200 metr)

Text to speech