27 Aprel 2023 888

Kunning birinchi yarmida eshkak eshuvchilarimiz oʻn yoʻnalishda shohsupaga koʻtarilishdi

Samarqandda eshkak eshish boʻyicha yoshlar va paralimpiya yoʻnalishlaridagi Osiyo chempionati davom etadi. Musobaqaning ikkinchi kun tonggi dasturida bir qator yoʻnalishlarda shohsupa egalari aniqlandi. Quvonarlisi, unda startga chiqqan hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Batafsil:

Oltin medal:
K1 1000 metr: Denis Onufriyev (U23)
S1 1000 metr: Vladlen Denisov (U23)
K1 500 metr: Arina Tanatmisheva (U23)
VL3 500 metr: Shahzoda Mamadaliyeva (paralimpiya)
S2 200 metr: Mirjalol Kamilov, Kamronbek Ahtamov (U23)

Kumush medal:
S4 500 metr: Behruz Ergashev, Azizbek Hasanov, Ogʻabek Nuriddinov, Aslbek Toʻxtanazarov (yoshlar)
KL2 500 metr: Azizbek Abdulhabibov (paralimpiya)
VL2 500 metr: Irodaxon Rustamova (paralimpiya)

Bronza medal:
S1 1000 metr: Humoyunmirza Maqsudov (yoshlar)
KL3 500 metr: Hasan Qoʻldoshev (paralimpiya)

Text to speech