27 Aprel 2023 1242

Bugun Toshkentda yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi

Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining stadionida ushbu sport turi boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida qitʼa birinchiligiga start berildi. 30-aprelga qadar davom etadigan musobaqada Osiyoning 40 ta davlatidan 500 nafardan ziyod sportchi gʻoliblik uchun kurash olib boradi. Bugun 20:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Atletlar kun davomida quyidagi yoʻnalishlarda medallar uchun kurash olib borishadi:

12:05 – bosqon uloqtirish, qizlar
16:10 – uzunlikka sakrash, qizlar
16:30 – yadro uloqtirish, yigitlar
17:35 – 1500 metr, qizlar
17:45 – langarchoʻpga tayanib sakrash, yigitlar
17:55 – 1500 metr, yigitlar

Text to speech