26 Aprel 2023 951

Taekvondochilarimiz Turkiyada jahon chempionatiga tayyorlanishmoqda

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Pavel Xan boshchiligidagi jamoamiz 20 may kuniga qadar ushbu shaharda yig‘in o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarga terma jamoaning asosiy va zaxira sportchilaridan iborat 33 nafar atlet jalb qilingan. Qayd etish joiz, ushbu yig‘in 29 may – 6 iyun kunlari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Text to speech