25 Aprel 2023 1375

Samarqand Osiyoning eng kuchli eshkak eshuvchilarini aniqlab beradi

26-30-aprel kunlari ko‘hna Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. U-23, U-20 va parakanoe bo‘yicha tashkil etilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Iroq, Hindiston, Xitoy Taipeyi, Gonkong, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlardan 400 nafar sportchi ishtirok etadi. Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Osiyo eshkak eshish federatsiyasi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, mamlakat Rowing&Canoe federatsiyasi mutasaddilari etishdi. Tadbirda so‘z olgan rasmiylar mamlakatimiz tomonidan musobaqaga katta tayyorgarlik ko‘rilgani, mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgani xususida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Reglamentga ko‘ra, ertadan bellashuvlar boshlanadi. Musobaqani 23 yoshlgacha bo‘lgan baydarkachilarning saralash bahslari ochib beradi. Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga omab tilaymiz.

Text to speech