25 Aprel 2023 1136

Regbichilarimiz Qozog‘istonda yig‘in o‘tkazishmoqda

Ayni kunlarda regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalarimiz shu kungacha “Olimp”, “Sibir”, “Jetisu” kabi klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishdi.

Qozog‘istonning yetakchi jamoalariga qarshi bahslar har ikki jamoamiz uchun katta tajriba bo‘lmoqda. Xususan, terma jamoa bosh murabbiyi Daniil Kulikov bu orqali bir qator taktik kombinatsiyalar va sportchilarning jismoniy holatini ko‘zdan kechirib olyapti. Yig‘in 30 aprelga qadar davom etib, yana bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech