23 Aprel 2023 1168

Yevrosiyo ligasining ikkinchi kunida kuchlilar aniqlandi

Poytaxtimizda konkur bo‘yicha “World Cup Jumning Eurasia league Tashkent 2023” turniri davom etadi. Musobaqaning ikkinchi kunida sportchilar 125 sm va 140 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturlarida g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. 60 nafar chavandoz o‘rtasida kechgan shiddatli raqobatda g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

5-yo‘nalish, 125 sm to‘siq balandligi:
1. Saidamirxon Turg‘unboyev (O‘zbekiston) – “Kornert BS” (laqabli otda)
2. Asset Tulkunbekov (Qozog‘iston) – “Palm Bich”
3. Bahromjon Gaziyev (O‘zbekiston) – “Ledi”

6-yo‘nalish, 140 sm:
1. Rinat Galimov (Qirg‘iziston) – “Kalanda”
2. Bekzod Qurbonov (O‘zbekiston) – “Matts”
3. A’zam Tolibboyev (O‘zbekiston) – “Bozart de ruet”

Musobaqaning qolgan dasturlari bugun o‘tkaziladi.

Text to speech