22 Aprel 2023 1227

Parij-2024: tungi marafonga marhamat

Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasidan yana bir kutilmagan qaror. Qoʻmita musobaqa dasturidan oʻrin olgan marafon va 10 kmga yugurish bahslarining vaqtini kechqurunga belgiladi. Unga koʻra, marafonchilar mahalliy vaqt bilan 21:00, 10 km masofada bellashadigan atletlar esa 23:30 da Parijning markaziy koʻchalari boʻylab startga chiqishadi.

Odatda uzoq masofalarga yugurish bahslari erta tongda start oladi. Tashkiliy qoʻmita bu orqali atletlarni kuzatilishi mumkin boʻlgan jaziramadan saqlashni maqsad qilgan. Reglamentga koʻra, har ikki dastur 2024-yilning 10-avgust kunida oʻtkaziladi.

Text to speech