22 Aprel 2023 644

Toshkentdagi Yevrosiyo ligasining birinchi bosqichida dastlabki gʻoliblar aniqlandi

Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” majmuasida konkur boʻyicha Jahon kubogi Yevrosiyo ligasining birinchi bosqichiga start berildi. Unda Yevrosiyo ligasiga aʼzo Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston kabi 11 mamlakatning sara chavandozlari gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.

CSI1*-W tasnifidagi musobaqaning birinchi kunida sportchilar 120 va 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida oʻzaro bellashishdi. Ahamiyatlisi, balandligi 120 smni tashkil etgan toʻsiqlarni zabt etishda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev gʻalaba qozondi. Shuningdek, 130 smli toʻsiqlarda qirgʻizistonlik Andrey Tryapitsin eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Musobaqa dasturidan oʻrin olgan navbatdagi bellashuvlar 22-23-aprel kunlari oʻtkaziladi.

Text to speech