21 Aprel 2023 677

Jahon chempionatidan avval Oʻzbekiston va Kuba termalari oʻrtasida sparring janglari tashkil etildi

Roppa-rosa 10 kundan soʻng Toshkentda boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida navbatdagi jahon chempionati start oladi. Ayni paytda mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoalar soʻnggi tayyorgarlik jarayonini oʻtkazmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston terma jamoasi va boks olamida katta mavqega ega boʻlgan Kuba jamoasi ishtirokida qoʻshma mashgʻulot tashkil etildi. Sportchilar yengil chigalyozdi mashqlarini oʻtkazgach sparring janglari ham boʻlib oʻtdi. Qayd etish joiz, mazkur jarayonni MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov ham diqqat bilan kuzatib bordi.

Eslatib oʻtamiz, 30-aprel kuni har bir vazn toifasiga qurʼa tashlanib, tantanali ochilish marosimi ham oʻtkaziladi. Janglarga 1-may sanasida start beriladi.

Text to speech