Kamonchilarimiz yakkalik dasturida medallar uchun kurashishmoqda
Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi davom etadi. Bugungi kun bellashuvlarini yakkalik bahslarining 1/32 final bosqichi, shuningdek, aralash jamoaviy yo‘nalish bo‘yicha 1/16 finalidan o‘rin olgan bahslar ochib beradi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan Amirxon Sodiqov, Nilufar Hamroyeva hamda Ziyodaxon Abdusattorova bugun medallar uchun kurashni davom ettirishadi. Sodiqov/Abdusattorova tandemi esa aralash jamoaviy yo‘nalishdagi bahslarda qatnashadi.
Yakkalik, 1/32 final:
Amirxon Sodiqov – Yarno de Smedt (Belgiya)
Nilufar Hamroyeva – Elina Idensen (Germaniya)
Ziyodaxon Abdusattorova – Alina Ilyasova (Qozog‘iston)
Aralash jamoaviy, 1/16 final:
O‘zbekiston – Moldova
Ortda qolgan kunning jamoaviy dasturida yigitlarimiz 1/8 finalda Fransiya, qizlarimiz 1/16 finalda Turkiya termasiga mag’lub bo’lishdi.