21 Aprel 2023 1212

Issiq-ko’l yig’ini yakuniga yetmoqda

Zamonaviy beshkurash bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining Issiq-ko’ldagi (Qirg’iziston) xalqaro o’quv-mashg’ulot yig’ini nihoyasiga yetmoqda. Yosh sportchilardan iborat jamoamiz yig’inda Belarus, Qirg’iziston, Qozog’iston termalarining mahoratli atletlari bilan tajriba almashishyapti. Mashg’ulotlar yakunida qilichbozlik bo’yicha erkaklar, ayollar va yoshlar toifasida nazorat musobaqasi tashkil etildi.

Bahslar hamyurtlarimizning mahorati ancha oshganini ko’rsatdi. Yosh yigitlar toifasida Doniyor Rahimov, Sadriddin Qobiljonov, Asliddin Baxtiyorov mos ravishda kuchli uchlikdan joy olishdi. Rahimov kattalar bahsida to’qqizinchi ko’rsatkichni qayd etgan bo’lsa, Samira Abzalova ayollar o’rtasidagi bellashuvlarda kuchli beshlikdan joy oldi. 

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, sportchilarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o’yinlariga ko’rayotgan tayyorgarligi reja asosida davom etmoqda. Rejaga ko’ra zamonaviy beshkurashchilarimizning kelgusi yig’ini Yevropada o’tadi.

Text to speech