4 May 2021 2734

Sofiyadagi so‘nggi litsenzion musobaqada kurashuvchi tarkibimiz bilan tanishing

6-9 may kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon miqyosida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamizning bir qator vakillari ham Olimpiada yo‘llanmalari uchun gilamga chiqishadi.

Musobaqada erkin kurash bo‘yicha 2, yunon-rum kurashida 1 va ayollar kurashida 6 nafar vakilimiz Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda faqat finalga yo‘l olgan sportchilargina Tokio-2020 litsenziyalariga ega bo‘lishadi. Hozirda delegatsiyamiz hisobida sport kurashlari bo‘yicha 8 ta yo‘llanma mavjud (4 tadan erkin va yunon-rum kurashi).
Jamoamizning musobaqada ishtirok etuvchi tarkibi quyidagicha:

Erkin kurash:
-65 kg: Ilyas Bekbulatov
-125 kg: Dilmuhammad Nurmuhamedov

Yunon-rum kurashi:
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev

Ayollar kurashi:
-50 kg: Daulatbike Yaxshimuratova
-53 kg: Shohida Ahmedova
-57 kg: Sevara Eshmuratova
-62 kg: Nabira Esenbayeva
-68 kg: Svetlana Oqnazarova
-76 kg: Shahribonu Elliyeva

Text to speech