21 Aprel 2023 1330

Ramazon hayitingiz qutlug‘ bo‘lsin!

Aziz yurtdoshlar! O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi barchangizni kirib kelgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!

Xonadoningizni fayzu baraka, dasturxoningizni to‘kin-sochinlik aslo tark etmasin. O‘zbek sportining keng jamoatchiligi, mamlakatimizdagi Olimpiya harakatining barcha ishtirokchilari nomidan Siz azizlarga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qolamiz!

Text to speech