20 Aprel 2023 1268

Ugomda slalom bo‘yicha mamlakat chempionatining g‘olib va sovrindorlari aniqlanmoqda

Toshkent viloyatidagi Ugom daryosida slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va nazorat-sinov musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Sinov musobaqalari 23 aprelgacha davom etadi. Uning yakunida terma jamoa murabbiylar shtabi joriy yil o‘tadigan Parij-2024 Olimpiadasiga lisenzion jahon chempionati, shuningdek, qit’a chempionati va Osiyo o‘yinlari, Jahon kubogi bosqichlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan tarkibni shakllantirib oladi. Quyida kattalar o‘rtasidagi asosiy dasturlarda mamlakat chempionatida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan sportchilar bilan tanishing: 

C1M: 

1. Alibek Temirgaliyev 

2. Anvar Klevleyev 

3. Abubakr Bukanov 

K1M:

1. Jonibek Temirgaliyev 

2. Barkamol Mirzahamdamov 

3. Shahobiddin Boltaboyev

Text to speech