20 Aprel 2023 887

Chavandozimiz Yevropadagi musobaqada qatnashmoqda

Oʻzbekistonlik chavandozlarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki ortib bormoqda. Xususan, konkurchimiz Bekzod Roʻzmuhammedov bugun Belgiyadaning Opglabbek shahrida start oladigan nufuzli turnirda ishtirokini boshlaydi.

23-aprelga qadar davom etadigan musobaqa CSIYH1* tasnifida oʻtadi. Hamyurtimizga bahslar davomida “Emerald Eb” laqabli tulpori hamrohlik qiladi. Olimpiada qatnashchilari, koʻplab nufuzli turnirlarning gʻolib va sovrindorlari oʻz omadini sinab koʻradigan boʻlajak turnirda yurtdoshimizga omad tilaymiz.

Text to speech